Sayt yaratish

Internet orqali pul ishlashni 1 kunda o'rganing!

Koronavirus yangi zamonga asoschi bo`ldi!
Bundan keyin insoniyat faoliyati internet orqali amalga oshadi.

Agar siz uyda o'tirib pul ishlamoqchi bo'lsangiz-u, lekin nima qilishni bilmasangiz, boshqalar uchun sayt yaratish orqali pul ishlang.

Sayt yaratish qiyin ish, uni o'rganish uchun ancha vaqt ketadi-ku desangiz adashasiz. Bizda siz uchun yaratilgan bir nechta qulay va tushunarli sayt-qoliplar mavjud. Ushbu darslikda siz mana shu sayt-qoliplardan ajoyib saytlar yaratishni o'rganasiz.


Umumiy tushuncha

Sayt-qoliplar orqali siz o'zingizga yoki istagan odamingizga har xil sayt yaratib berishingiz mumkin.

Buning uchun siz sayt-qoliplardagi rasmlarni, yozuvlarni, yozuvlarning ranglarini, korxona yoki mahsulotlar haqidagi ma'lumotlarni, ularning rasmlarini va joylashuvlarini o'zgartirsangiz kifoya.

Quyidagi videoda qanaqa turdagi saytlar yaratsak bo'ladi va qanday qilib ularni yaratishimiz haqida qisqacha tushuncha berilgan:

Saytlarni yaratishda kerak bo'ladigan dastur: Notepad++ ni yuklab oling.


Tayyor bo'lgan saytni internetga yuklash

Barcha odamlar sizning tayyor saytingizdan internet orqali foydalanib bilishlari uchun saytingiz uchun domen tanlab, uni xostingga yuklashingiz kerak.

Domen - bu sayt nomi, masalan www.sizningsaytingiznomi.uz

Siz qaysidir saytga kirayotganingizda sayt nomini ya'ni domenini yozasiz. Buni ayrim hollarda saytning manzili ham deyishadi.

Xosting - bu, nomalum joyda joylashgan, doimiy ishlab turadigan va uzluksiz internetga ulangan kuchli kompyuterdir. Unda sizning va boshqalar saytlarining fayllari saqlanadi. Va kimdir shu saytga kirmoqchi bo'lsa, unga aynan shu xostingdagi saytning fayllari yuklanadi.

Saytingizni kompyuteringizda yaratib bo'lganingizdan so'ng, unga qanday qilib domen tanlashni va uni xostingga yuklashni quyidagi videoda bilib oling:


Onlayn do'konlar uchun avtomatik buyurtmalar qabul qilish

Onlayn do'kon egasi qanday qilib mijozlaridan avtomatik ravishda buyurtmalarni qabul qilishi va ularni hisobini yuritishi haqida quyidagi videodan bilib oling:


Internet orqali mijozlaringizdan to'lovlar qabul qiling

Quyidagi videoda siz qanday qilib mijozlaringizdan internet orqali to'lovlar qabul qilishning oson yo'lini bilib olasiz. Buning uchun sizga shaxsiy plastik kartochka va smartfoningizga o'rnatiladigan "Payme" ilovasi kerak bo'ladi. "Payme" ilovasini o'rnatish.